Karatechilarimiz Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 6 ta medalni qo‘lga kiridik

CHERY AUTO

Joriy yilning 16-18 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi  shahrida karate WKF  bo‘yicha jahon kubogi tasnifiga kiruvchi  "Winner Cup International Chempionships" musobaqasi  bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro musobaqada 51 ta davlatdan 
800 nafardan ortiq eng sara sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Tecno

Quvonarlisi, Karate bo‘yicha terma jamoa tarkibida Toshkent viloyati sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Xususan, mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etgan murabbiylar Dilshod Yusupov (Toshkent tumani) va  Hamdamjon Shodibekov (Bekobod sh.) shogirdlari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib,  g‘olib va sovrindorlar qatoridan  joy  olishdi. Shuningdek, murabbiylar Dilshod Yusupov, Hamdamjon Shodibekovlar shogirdlarining munosib ishtiroki uchun maxsus kubok bilan mukofotlanishdi. Demak, g‘olib va sovrindorlar bilan tanishamiz:

12-13 yosh.  Oltin medal 
-42 kg. Odina Botirova (Toshkent t.) 
-45 kg. Kamronbek Abduqayumov (Bekobod sh.)
+56 kg. Saidkamol Adilov (Toshkent t.) 


 +18 yosh. Kumush medal 
-60 kg. Azizbek Islombekov (Toshkent t.) 
+18 yosh. Bronza medal 
-75 kg. Oybek Hakimbekov (Toshkent t.) 


14-15 yosh. Bronza medal 
-57 kg. Jo‘rabek Alibekov (Toshkent t.)
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar joriy yil 13-15 dekabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan primerliga musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!