
Karatek WKF. O‘zbekiston delegatsiyasi A Seriya tasnifidagi musobaqada 31 nafar sportchi bilan ishtirok etadi
16-18 fevral kunlari Kiprning Larnaka shahri karate WKF bo‘yicha A Seriya tasnifidagi musobaqaga mezbonlik qiladi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi bugun Kiprga uchib ketdi.
Hozirda terma jamoa tarkibidagi yosh sportchilarning xalqaro maydondagi tajribasini oshirish, xususan, ularni Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda. Shu bois Larnakaga yo‘l olgan tarkibning aksariyatini yoshlar tashkil etadi. Ammo turnir davomida ularga Sadriddin Saymatov, Zulxumor Tursunalieva, Shahrizoda Ismatullaeva kabi katta tajribaga ega sportchilar ham hamrohlik qilishadi. Kiprda o‘tadigan A seriya musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi kata va kumite bahslarida jami 31 nafar atlet bilan qatnashadi.
Manba: MOQ
Fikrlar