
Karim 1000-golni urdi. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan!
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida “Real” o‘z maydonida Ukrainaning “Shaxtyor” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda madridliklarning har ikki golini Karim Benzema urdi. Frantsiyalik hujumchining dastlabki goli tarixiy ahamiyat kasb o‘tdi. Bu “Real”ning Evropa Chempionlar ligasi tarixidagi 1000-gol sifatida qayd etildi.
Qit’aning eng nufuzli turnirida hali hech qaysi jamoa bu qadar ko‘p gol urmagan.
Benzemaning ikkinchi goli esa, uning ushbu turnirdagi 75-samarali zarbasi sifatida qaydga olingan. Karim Chempionlar ligasida bu ko‘rsatkichga erishgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi.
Ungacha Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Robert Levandovski bu marrani zabt etgandi.
Fikrlar