Karim yozda "Borussiya" Dortmundga o‘tadi
"RB Zaltsburg"ning germaniyalik hujumchisi Karim Adeyemi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida Dortmundning "Borussiya"siga ko‘chib o‘tadi, deb xabar bermoqda Sky Sport.
Manba bergan xabarga ko‘ra, tomonlar 30 million evro evaziga transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Dortmundliklar yana 6 millioni Avstriya klubiga yaqin 4 yilda bonus sifatida to‘lashi mumkin.
Qayd etilishicha, “Borussiya” Adeyemi bilan 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnoma imzolaydi. Hujumchi bir mavsumda 6,5 million evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Adeyemi joriy mavsum Avstriya Bundesligasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi.
Fikrlar