Karl Froch: "Saul Alvares o‘zining pik formasidan pastga qarab ketmoqda"

  • 27 sentabr, 19:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sobiq jahon chempioni, britaniyalik Karl Froch amerikalik Terens Kroufordning meksikalik Saul “Kanelo” Alvares ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi.

Tecno

"Krouford faqat ba’zida tasodifiy zarbalarni o‘tkazib yubordi. Menimcha, u mazkur bahsda butunlay hukmronlik qildi. Terens uchun jang oson kechdi go‘yo. "Kanelo" esa allaqachon cho‘qqidan o‘tib bo‘libdi, uning eng yaxshi kunlari ortda qolibdi. 67 ta jang ortda qoldi, bu juda katta yuk", — dedi Froch "Football blog" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv 14 sentyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tdi va unda Krouford hakamlar qarori bilan (116-112, 115-113, 115-113) g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!