Karl-Xaynts Rummenigge: Xames uni sotib olmasligimizni so‘radi

  • 4 iyun, 2019, 19:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge “Real” Madriddan ijaraga olingan kolumbiyalik futbolchi Xames Rodrigesning jamoadagi kelajagi borasida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Asosiy qarorlar qabul qilib bo‘lingan. U men bilan shaxsiy suhbat davomida klub uni sotib olmasligini so‘radi.

U doimiy o‘ynashni va asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishni xohlaydi. Bu erda esa unga kafolat yo‘q. Afsus”, - deydi Rummenigge.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Xamesni 2017 yilda 15 mln evro evaziga 2 mavsumga ijaraga olgan edi. Jamoalar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra nemis grandida uni 42 mln evroga to‘liq sotib olish huquqi mavjud. Biroq, myunxenliklar yuqorida aytib o‘tilganidek bu imkoniyatdan foydalanishmaydi. Kolumbiyalik yulduz yana Madridga qaytadi.

Ta’kidlash kerakki, Xamesni “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham jamoada ko‘rishni xohlamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!