
Karrager: "Muxlislar Arnoldni Jerrard yo‘lidan ketadi deb o‘ylashgan edi"
"Liverpul" afsonalaridan biri Jeymi Karrager Trent Aleksander-Arnoldning ehtimoliy ketishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uningcha, futbolchining qisqa muddatli maqsadlarga erishishi uning faoliyati tugagandan so‘ng qoladigan merosiga ta’sir qilishi mumkin.
"Qisqa muddatda erishilgan muvaffaqiyatlar ba’zan faoliyat tugagach qoladigan merosga qurbon qilinadi. O‘zingni “oila a’zosi” deb atashing, ayniqsa senga dunyodagi eng yirik va afsonaviy klublar muxlislari muhabbat ko‘rsatayotgan paytda, shunday tuyulishi mumkin. Lekin bu — haqiqat.
Katta futbolchilar juda ko‘p. Ular qaerga borishmasin, o‘z ishini mukammal bajarishgan. Ammo ular endi biror klubga emotsional bog‘lanmagan. Bu to‘g‘ri yoki adolatli demoqchi emasman — shunchaki, voqelik shunday.
Muxlislar klubni birinchi o‘ringa qo‘yadigan futbolchilarni ajratib oladi. "Real" kabi super kuchlarga qarshi kurashda kimlar jamoa uchun kimlar faqat o‘z faoliyati uchun harakat qilyapti — ajratib olishadi.
Har bir futbolchining xarakteri va ambitsiyasi har xil. "Liverpu" muxlislari Trentni Maykl Ouen yoki Bekxem kabi yo‘l tutadi deb o‘ylashmagan edi. Chunki u doimo klub sardori bo‘lishni, Jerrard izidan borishni orzu qilganini aytgan. Shunday ekan, uning ketishi muxlislarni aniq ranjitadi" – deb yozadi Karrager "The Telegraph" nashridagi kolonkasida.
Fikrlar