Karvaxal soʻnggi nutqida Florentino Peresga alohida minnatdorchilik bildirdi

  • 24.05.2026 13:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dani Karvaxal "Real Madrid" tarkibida so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.

Ispaniyalik himoyachi La Liga 38-turida "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasiga uzatma bilan hissa qo‘shdi.

Uchrashuvdan so‘ng stadion oldida xayrlashuv nutqi so‘zlagan Karvaxal klub prezidentiга alohida minnatdorchilik bildirdi. U Florentino Peresga uni "Bayer"dan qaytarib olgani va og‘ir jarohatdan keyin darhol yangi shartnoma taklif qilgani uchun rahmat aytdi.

Dani Karvaxal "Real Madrid" safida 451 ta o‘yin o‘tkazib, jamoa bilan 27 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!