
Karvaxal uchun mavsum tugadi. "Real" uning o‘rniga yangi himoyachi qidiradi
Madridning "Real" klubi qishki transfer oynasida o‘ng qanot himoyasi uchun yangi o‘yinchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ramon de Monts o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, “qirollik klubi”ning o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal kecha Ispaniya chempionatining 9-turida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (2:0) jiddiy jarohat olgan va shu sababli u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Manbaga ko‘ra, qishki transfer oynasi ochilgunga qadar Lukas Vaskes va Eder Militao o‘ng qanot himoyasida vaqti-vaqti bilan o‘ynab turadi.
Bundan avvalroq “Real” Karvaxalning jarohati borasida rasmiy bayonot bergan edi.
Fikrlar