Kasilyas EChLda Ronalduning rekordini yangiladi
Xabaringiz bor kecha “Portu” UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida “Roma”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonib navbatdagi bosqichga chiqdi.
E’tiborlisi, bu “Portu” darvozaboni Iker Kasilyas uchun EChLdagi 101-g‘alaba bo‘ldi. Bu musobaqa tarixidagi esa yangi rekord hisoblanadi.
37 yoshli ispaniyalik posbon bu borada “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu (100) o‘rnatgan rekordni ortda qoldirishga erishdi.



Fikrlar