
Kasilyas yana "Real"ga qaytishini ma’lum qildi
Ispaniyalik afsonaviy darvozabon Iker Kasilyas yana "Real" Madridga qaytmoqchi.
“Albatta, “Real”ga qaytishni xohlayman. Men 25 yilni shu jamoada o‘tkazdim va u er mening uyim. Qachondir u erga qayta olishimga ishonaman”, - deydi Kasilyas.
Ta’kidlash kerakki, 38 yoshli Kasilyas 1998-2015 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng “Portu”ga ko‘chib o‘tdi va joriy yilning fevral oyida faoliyatini yakunladi.
Fikrlar