Katanets jamoasining bu natijasi avval ham ikki bor takrorlangan

  • 24 sentabr, 2022, 20:27
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik uchrashuvida Kamerunni mag‘lub etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi 4 ta o‘yinda gol o‘tkazib yubormagani haqida yozgandik.

O‘zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev "Telegram"dagi kanali orqali bu holat avval ham ikki bor takrorlangani haqida yozdi. 

Ya’ni, vakillarimiz 2004 yilda ketma-ket Falastin (3:0), Iroq (1:0), Saudiya Arabistoni (1:0) hamda Turkmanistonga (1:0) qarshi bellashuvlarda darvozamiz daxlsizligini saqlab qolgan. Barcha bahslar rasmiy maqomda bo‘lgan va jamoamiz Ravshan Haydarov boshchiligida harakat qilgan.

Shuningdek, 2006-2007 yillar oralig‘ida ham Gonkong (0:0), Bangladesh (4:0), Qatar (2:0) va Ozarbayjon (0:0) bilan o‘yinlarda gol o‘tkazib yubormaganmiz. Bu safargi seriyaning dastlabki 3 qarama-qarshiligi Osiyo Kubogi saralashida o‘tkazilgan hamda Valeriy Nepomnyashiy qo‘l ostida o‘ynagan. Ozarbayjonga qarshi bellashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lib, jamoamizni Rauf Inileev boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
24/09/2022 21:12
Шу Алишер Никимбаевга койил коламанда. Узбек футболини микро деталларигача билади.