
Katanets: "Natija bizni qoniqtirdi"
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining 2-bosqich saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni Eronga qarshi safar bahsi bilan yakunladi. So‘nggi turda vakillarimiz durang o‘ynab, uyga bir ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Mazkur bellashuvdan keyin Srechko Katanets o‘z matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Eronga qarshi o‘yinda himoyaviy o‘ynadik va raqibga gol urish uchun ko‘p imkoniyat bermadik. O‘yin natijasidan qoniqish hosil qildik. Hech bir futbolchi jarohat olmaganidan xursandmiz va o‘yin adolatli yakunlandi".
O‘zbekiston terma jamoasi 10 yildan so‘ng Erondan ochko olishga muvaffaq bo‘lgani, Eron terma jamoasi esa 19 o‘yindan keyin gol ura olmagani haqida shunday dedi: Bu statistik ma’lumotlar. Ammo biz bu o‘yinda Eronni cheklab, penetratsion yo‘llarni yopdik. Maydon markazida ularni yaxshi kutib olib, Azmun va Taremilarga to‘p etib bormasligini ta’minladik". "Ular men so‘ragan taktikani a’lo darajada bajarishdi va himoyada yaxshi o‘ynashdi". Ularning har bir roli muhim edi va biz durangdan mamnunmiz", - dedi Katanets.
Fikrlar