Katanets: Qoidalar hamma uchun birdek bo‘lishi kerak. Nima uchun Gongkong Eronga qarshi normal maydonda o‘ynadi?

  • 22 mart, 2024, 00:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashining 3-turida Gongkongni 0:2 hisobida mag‘lub qildi. O‘yindan keyin bosh murabbiy Srechko Katanets o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Birinchi bo‘limda ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsak-da, gol kirita olmadik. Biroq, ikkinchi taymda raqib jarima maydonchasi oldida agressivroq o‘ynadik va xavfli vaziyatlarni ko‘paytirdik. Shu bilan birga, ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Raqib darvozaboni ham yomon o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. Bugungi natijadan qoniqish hosil qildim". 

Katanets terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov haqida ham gapirib o‘tdi. 

"Shomurodov biz uchun juda ham kerakli futbolchi. Bu erda ishlashni boshlaganimdan beri u ko‘plab muhim gollarni urib keladi. Eldor tarkibimizda bo‘lsa, har qanday raqib bizdan qo‘rqadi, chunki u o‘z potsiyasining eng zo‘ri. Osiyo kubogida esa hujumchi bizga yordam bera olmadi, lekin bu tarixda qoldi"

Sloveniyalik mutaxassis maydon holatiga ham to‘xtalib o‘tdi. 

"Bugun biz o‘ynagan stadion hajmi biroz kichikroq ekan. Ammo futbolchilar bu haqida gapirmasligi kerak. Qoidalar hamma uchun birdek bo‘lishi lozim. Nima uchun Eronga qarshi Gongkong yaxshiroq maydonda harakat qiladi, bizga qarshi esa yo‘q? Bu stadionlar futbolchilar uchun muammo yuzaga keltirishi mumkin. Ammo shunday bo‘lsa-da, biz bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozondik", - dedi Katanets. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 26 mart kuni Gongkongga qarshi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!