Katta savdo boshlandi. MYu ikki futbolchiga taklif yubordi

  • 29 sentabr, 2020, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoa himoyasini mustahkamlash va hujumkorligini oshirish maqsadida ikkita transferni amalga oshiradigan bo‘ldi.

Tecno

Birinchi navbatda, Sulsher jamoasi mutasaddilari APLni tark etgan “Uotford”ning hujumkor futbolchisi Ismoil Sarrni olish bo‘yicha ish boshladi. “Uotford” katta maosh oladigan senegallik futbolchini 44 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, manchesterliklar avval uni ijaraga olib, sinab ko‘rishga qaror qilgan. “Uotford”ga yuborilgan taklifda ham aynan ijara masalasi ko‘tarilgan.

“Manchester Yunayted” braziliyalik himoyachi Aleks Telles bo‘yicha “Portu” bilan muzokarani davom ettirmoqda. Portugaliyaliklar keyingi yili shartnomasi tugaydigan futbolchi erkin agentga aylanmasidan uni sotib yuborishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda, Tellesning transfer summasini 20 million evrogacha pasaytirishdi.

Xabarlarda, “Manchester Yunayted” Telles bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!