Katta tozalash boshlandi. Yangi direktor 7 futbolchini haydayapti

  • 6 iyul, 2024, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning yangi sport direktori Den Eshuort ishni tarkibni ortiqcha o‘yinchilardan tozalashdan boshladi.

Tecno

Bu mutxassis klubning transfer siyosatini boshqarish vazifasi yuklangan.  Eshuort birinchi navbatda ketkaziladigan etti nafar futbolchi nomini ma’lum qildi.

Daily Mirror nashriga ko‘ra, Eshuort ayrim o‘yinchilardan tashqari boshqa futbolchilar bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqadi. Klub aniq olib qoladigan ijrochilar sifatida Andre Onana, Diogu Dalot, Lisandro Martines, Kobbi Maynu, Alexandro Garnacho, Rasmus Xyoylunn va Amad Diallo tanlandi.

Manchesterliklar katta mablag‘ evaziga hatto o‘z sardori Brunu Fernandesh bilan ham xayrlashishga tayyor.

Deni  Eshuort birinchi bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga himoyachilardan Harri Maguayr, Viktor Lindelyof, yarim himoyachilardan Kazemiro, Kristian Eriksen,  hujumkor futbolchilardan Antoni, Jeydon Sancho va forvard Meyson Grinvudni kiritdi.

Mana shu etti nafar futbolchining transferi klubga 200 million funt miqdorida mablag‘ keltirishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!