Kavani birdan o‘zgarib qoldi

  • 23 aprel, 2021, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani mavsum yakunlanishi bilan o‘zi bolaligidan muxlislik qiladigan “Boka Xuniors”ga o‘tishga qaror qilgandi. Ule-Gunnar Sulsher urugvaylik hujumchining o‘rniga boshqa to‘purar qidirishga tushgandi.

Kavaniga yaqin bo‘lgan manbalarning xabar qilishicha, tajribali futbolchi kutilmaganda Angliyadan ketish fikridan qaytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Edinson yana bir mavsum davomida “Manchester Yunayted” safida qolmoqchi va yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga rozilik bergan.

Edinson Kavanining  qarorini o‘zgartirishiga 2022 yilgi jahon chempionatigacha yuqori saviyadagi chempionat va klubda to‘p tepish istagi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Urugvaylik hujumchi MYuda o‘ynash orqali, Urugvay terma jamoasidagi joyini saqlab qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!