Kavani hali 24 million evrolik shartnomani qabul qilmadi

  • 18.08.2020 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Zamonamizning eng zo‘r hujumchilaridan hisoblangan Edinson Kavani PSJni tark etganidan buyon hali o‘ziga jamoa topgani yo‘q. Albatta, mahoratli futbolchi qator klublardan taklif olmoqda, lekin uning maoshi katta ekani shartnomaga erishishda asosiy to‘siq bo‘lmoqda.

Yaqinda urugvaylik hujumchi “Benfika” bilan uch yillik shartnoma tuzayotgani va portugaliyaliklar unga yiliga 8 million evro to‘lashga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bunga hujumchi quyidagicha izoh berdi.

- Ha, men ko‘p klublar singari “Benfika” bilan ham muzokara o‘tkazdim. Lekin hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Qo‘limda tayyor shartnoma bor, deb ayta olmayman. Qaysi jamoada o‘ynashimni o‘sha klubning rasmiy xabarlaridan bilib olasiz, - dedi Kavani.   

Kavani PSJ tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda urugvaylik to‘purari 22 ta uchrashuvda ettita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!