Kavani ishsiz qolmaydi. “Barselona” unga maxsus taklif tayyorlamoqda

  • 25.06.2020 21:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJni tark etayotgan to‘purar Edinson Kavani oldida kutilmaganda “Barselona”da to‘p surish varianti paydo bo‘ldi.

“Inter”dan Lautaro Martinesni ololmagan “Barselona” 33 yoshli urugvaylik hujumchiga o‘z safidan joy berishga qaror qildi.

“Barselona” Kavanini ko‘ndirish uchun Luis Suaresdan foydalanmoqchi. Suares Urugvay terma jamoasidagi do‘sti bilan uzoq yillardan buyon yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda.

Garchi PSJ yoshi o‘tib qolgan futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmagan bo‘lsa-da, Kavani ishsiz qolmasligi aniq. “Barselona”dan tashqari to‘purar futbolchi xizmatiga “Atletiko”, “Manchester Yunayted”, “Napoli” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!