
Kavani o‘ziga yangi jamoa topdi
PSJdan ketgan Edinson Kavani faoliyatini A Seriyada davom ettirishga yaqin turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, urugvaylik to‘purar keyingi hafta boshida “Roma” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu transfer bilan xalqaro investitsiya kompaniyasi shug‘ullanmoqda.
Kavani uchun A Seriya begona emas. U avval “Napoli” va “Palermo”da to‘p surgan. Shuningdek, urugvaylik hujumchiga “Nyukasl” va AQSh jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar