Kavani qachon safga qaytadi?

  • 17 sentabr, 2021, 16:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher jamoaning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani qachon safga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Kavani shu haftadan boshlab mashg‘ulotlarga kirishadi. Uzog‘i bilan dushanbadan boshlaydi. U “Vest Xem”ga qarshi kubok uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Edinson juda ko‘p ishlayapti va maydonga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapti”, - dedi norvegiyalik mutaxassis.

“Manchester Yunayted” 22 sentyabr kuni Angliya liga kubogi doirasida “Vest Xem”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

34 yoshli Kavani o‘tgan mavsum premer-ligada o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!