Kazemiro: "Bu tarkib Jahon chempionligini qo‘lga kiritishga qodir"
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Jahon chempionati 1/16 finalida Yaponiya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
⠀
"Jamoamizning eng katta kuchi — bu kayfiyat va ruhiy tayyorgarlik edi. Biz oxirigacha bosim o‘tkazishda davom etdik va hujumkor futbol namoyish qildik.
⠀
Jahon chempionatida zahiradan maydonga tushadigan futbolchilarning ahamiyati juda katta. Endrik o‘yinga qo‘shilib, juda yaxshi harakat qildi. Martinelli ham ajoyib futbolchi, Rayan Rosha esa Rafinyaning o‘rnini munosib to‘ldirdi.
⠀
Mana shu ruhiyat bizni kuchli qiladi. Menimcha, bu tarkib Jahon chempionligini qo‘lga kiritishga qodir", — dedi Kazemiro.

Fikrlar