Kazemiro ketib “Real” nima yo‘qotdi? Yozning eng kutilmagan va tezda hal etilgan transferi

  • 21.08.2022 16:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Bir necha kun avval “Manchester Yunayted” kutilmaganda “Real” yarim himoyachisi Kazemiroga qiziqish bildirgani borasida xabarlar tarqaldi. Buni qarangki braziliyalik xavbek ham bunga tezda reaktsiya bildirdi. 

- “Manchester Yunayted” qanday jamoa ekanligini yaxshi bilaman. To‘g‘ri, hozir klub avvalgidek emas. Ammo men faoliyatimda o‘zgarish qilmoqchiman, - dedi Kazemiro.

Ushbu gap-so‘zlarning o‘ziyoq, futbolchining MYuga o‘tishga roziligini bildirgandi. O‘zgarish juda tez ro‘y berdi. Eng kutilmagan va shu bilan birga tezda hal etilgan katta transfer.

“Qirollik klubi”da Kazeroning o‘rni katta edi. U himoyalanishda va oldinga o‘tishga keng ko‘lamli ishni bajargan. Ayniqsa, oltinga teng “podkat”lari ko‘p edi. “San-Paulu”dan “Real”ga kelgan Kazemiro, asosiy tarkibga kira olmay, “Portu”da ijarada o‘ynadi. Portugaliyadan kuchga to‘lib qaytgan braziliyalik madridliklar safida muqim o‘rin egalladi. Ko‘plab sovrinlarni yutdi. Modrich va Kroos bilan birga ajoyib uchlik hosil qildi. Bu uchlik Xavi, Inesta va Busketsdek yaxshi davrni o‘tkazdi. Futbol muxislari bu ikki trioni taqqoslab, o‘zlari uchun kuchlirog‘ini tanlashda ancha qiynaladi.

photo_2022-08-21_16-12-52

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida Kazemiro haqida fikr bildirdi.

- Kazemiro yaxshigina era o‘tkazdi. Tarixiy g‘alabalar ortida turdi. Aynan ortida, chunki u asosiy planga chiqmasdi, mehnat qilardi, kurashardi, himoyagacha bo‘lgan devordek turib berardi. 

336 o‘yin, 5 bor Chempionlar ligasi, 3 martadan La Liga va klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibi bo‘ldi. 31 gol va 29 assist. Sanoqsiz yutilgan yakkakurashlar, raqiblarning golli urinishlari  to‘xtatilishi va himoyadan hujumga o‘tishdagi birinchi paslar.  

“Manchester Yunayted” uchun katta transfer, Madrid uchun katta yo‘qotish, Kazemiro uchun katta qaror, - dedi Davron Fayziev.

Kazemiro chindan ham ortda qora ishlarni bajargan. Ammo uning qimmatli harakatlari tufayli klub katta g‘alabalarga erishgan, orqadagi mudofadan ancha ko‘ngli to‘q bo‘lgan. Paytida u chiroyli gollar ham urgan. Ko‘pchilik tilga olayotgan “Real” mana shunday “stopper”idan ayrildi. Uning ketishi Kamavinga va Chuameniga yo‘l ochdi. Bir qarashda madridliklar Chuameniga sarflagan 80 million evroni deyarli chiqarib oldi, Kazemironing transferidan. Qanchadir vaqt Kazemironing o‘rni bilinishi tabiiy.

f6c8961efcf45083b8c22428af0fb67c

Endi yarim himoyachi “Manchester Yunayted” futbolchisi. 4+1 yillik shartnoma imzolandi. 30 yoshdagi futbolchi “qirolli klubi”dan ikki barobar ko‘p maosh oladi. Boz ustiga u ayni paytda MYuga suv-va havodek zarur. Shuning uchun transfer summasi va maoshga xaridor tomon qarab o‘timas edi. APLdagi muvaffaqiyatsiz start Ten Gagning shunday qaror tutishiga sababdir. Qolaversa, “mankunianliklar” ko‘z ostiga olgan nomzodlar klubga o‘tmayapti yoki jamoalari ularni qo‘yib yubormayapti va hokazo.

Kazemiro MYuda Fred va Maktominey bilan bir pozitsiyada to‘p tepadi. Biroq bu ikkisi Kroos va Modrich emas, Kazemironing ortdagi urinishini samarali davom ettiradigan. Bunga Kazemiro tayyor bo‘lib borgan. Ushbu transfer amalga oshishida murabbiy futbolchining yoniga ijodkor yana bir xavbek olib kelishga ishontirgan bo‘lishi katta ehtimol.

16608352878156

Nima ham derdik, avval “Barselona”dagi super uchlik, mana endi “Real”dagi ajoyib trio parchalandi. Messi va Ronaldu erasi ham tugadiku, bunday o‘zgarishlarga tayyor turish lozim. Futbol ular bilan to‘xtab qolmaydi.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!