Kazemiro o‘rniga 115 million evrolik o‘yinchi keladi
Tobora o‘zini o‘nglab borayotgan “Manchester Yunayted” klubi tajribali yarim himoyachi Kazemironing o‘rniga munosib nomzod qidirishda davom etmoqda.
Jamoada eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan hisoblangan braziliyalik yulduzning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi va u Manchesterni erkin agent maqomida tark etadi.
Jurnalist Mayk Makgratning xabar berishicha, Kazemironing o‘rniga olinadigan asosiy nomzodlardan biri sifatida “Nyukasl” yarim himoyachisi Sandro Tonali ko‘rilmoqda. 25 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi, “Nyukasl” esa joriy mavsum natijalariga ko‘ra, katta ehtimol bilan mazkur musobaqaga yo‘llanma ololmaydi.
Italyalik futbolchi muhitni o‘zgartirish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Biroq manchesterliklar uchun asosiy muammo — transfer qiymati bo‘lib qolmoqda. “Nyukasl” Tonali uchun taxminan 100 million funt sterling (115 million yevro atrofida) mablag‘ talab qiladi.

Fikrlar