
Kazemiro o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Manchester Yunayted”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Kazemiro faoliyatini Saudiya Arabistoni professional ligasida davom ettirishi kutilyapti.
Bir necha manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik yarim himoyachining agentini ayni paytda “An-Nasr” rahbariyati bilan muzokara olib bormoqda.
Kazemironing bu jamoani tanlashiga riyodliklar safida o‘zi bilan birga “Real” va “Manchester Yunayted”da o‘ynagan Krishtianu Ronalduning borligi sabab bo‘lgani aytilyapti.
Erik ten Xag jamoaning asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan 31 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga rozilik bergan.
Fikrlar