Kazemiro: U shunchaki bola
Kazemironing fikricha, Rasmus Xoylund MYuda hali muvaffaqiyat qozonadi.
"Xoylund shunchaki bola. Unga ortiqcha bosim o‘tkazishning hojati yo‘q. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, u darrov 30 ta gol urishi lozim. U hali yosh va o‘zining Premer-ligadagi birinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
Men uning transferidan juda xursand bo‘ldim. Rasmus o‘yindan o‘yinga o‘zini yaxshi tomonlarini ko‘rsatyapti. U - maqsadi bor yigit", - dedi Kazemiro.
Fikrlar