Keladigan bormi? “Tottenxem”ga yana ikki hujumchi oladi

  • 26.07.2026 17:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Tottenxem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yana ikki nafar hujumchi futbolchi xarid qilishni istamoqda.

Bu yozda “Tottenxem” transferlar uchun 237 million funt sterling sarflab, klub tarixidagi transfer rekordini ikki marta yangiladi. Jamoa tarkibiga olti nafar yangi futbolchi kelib qo‘shildi, ammo De Dzerbi bu bilan cheklanmoqchi emas.

- Endi maqsad –  hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish. Biz birinchi darajali maqsadlarimiz bo‘lgan futbolchilarni qo‘lga kiritishni istaymiz.

Bizda muhim o‘yinchilar bor, lekin yangi loyihani boshlash uchun yana bir-ikki nafar yuqori saviyali futbolchi kerak.

Transfer bozoridagi ishimizni hali tugatmadik. Yana kamida ikki nafar futbolchi olishimiz shart. Balki undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, ammo ikki nafar dan kam emas, -  dedi De Dzerbi Sky Sports nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!