Kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadigan 20 ta jamoaning nomi ma’lum
Kelasi mavsum Chempionlar ligasida umumiy bosqichda 36 jamoa ishtirok etadi. Ulardan 29 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qolgan 7 ta yo‘llanma esa saralash orqali beriladi. Hozircha 29 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilardan 20 tasi aniq bo‘ldi.
Quyida kelasi mavsum EChLga yo‘llanma olgan jamoalar ro‘yxati:
Angliya: "Liverpul"
Italiya: "Napoli", "Inter", "Atalanta"
Ispaniya: "Barselona", "Real", "Atletiko", "Atletik"
Germaniya: "Bavariya", "Bayer", "Ayntraxt", "Borussiya Dortmund"
Frantsiya: PSJ, "Marsel", "Monako"
Niderlandiya: PSV, "Ayaks"
Portugaliya: "Sporting"
Chexiya: "Slaviya"
Gretsiya: "Olimpiakos"
Saralashda esa yana 7 ta jamoa qolgan o‘rinlarni safini to‘ldiradi.

Fikrlar