
Kelvert-Lyuin 1-daqiqadayoq gol urgan, "Everton" Londonda g‘alaba qozongan o‘yin videosharhi
Angliya premer-ligasining 9-turida “Everton” safarda “Fulxem”ga qarshi bahs olib bordi.
Londondagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 2:3 hisobida “irischilar”ning qo‘li baland keldi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollarni Dominik Kelvert-Lyuin (1', 29') va Abdulay Dukure (35') kiritdi. Mezbonlarning ikkita javob goliga Bobbi Rid (15') va Ruben Loftus-Chik (70') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar