Kerrik Fergyuson ham uddalay olmagan natijaga erishdi

  • 01.03.2026 22:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Maykl Kerrik boshchiligidagi "Manchester Yunayted" APLning 28-turida "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi (2:1). Shu tariqa, ushbu mutaxassis "qizil iblislar" tarixida jamoa bosh murabbiyi sifatida Angliya chempionatidagi debut uy uchrashuvlarida beshta g‘alabaga erishgan ilk murabbiyga aylandi. Bu haqida Squawka xabar bermoqda.

Ushbu seriyada "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Arsenal" (3:2), "Manchester Siti" (2:0), "Fulxem" (3:2), "Tottenxem" (2:0) va "Kristal Pelas"dan ustun keldi.

"Manchester Yunayted" 51 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda Kerrik jamoasi 4 mart kuni "Nyukasl Yunayted" mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!