Kerrik “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga tayinlandi
"Manchester Yunayted" Maykl Kerrikni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganini rasm an e’lon qildi. Ilgari u ushbu lavozimni "vazifani bajaruvchi" qo‘shimchasi bilan egallagan.
"Qizil iblislar" Kerrik kelasi mavsumda jamoani boshqarishini ma’lum qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzoladilar.
Kerrik 13 yanvar kuni Ruben Amorim ishdan bo‘shatilgandan so‘ng "Manchester Yunayted"ni boshqarishni boshladi. Uning bosh murabbiy sifatidagi birinchi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi. 44 yoshli mutaxassis qo‘l ostida "Mankunian" Angliya chempionatining 15 o‘yinida 10 ta g‘alabaga erishdi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.

Fikrlar