Ketaver! "Bavariya" superyulduzi o‘rniga boshqa o‘yinchi topib qo‘ydi
«Bavariya» yarim himoyachisi Maykl Olise yozda jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Santi Auna tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi «Real» safida to‘p surishni istamoqda va Madrid klubiga o‘tish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini qat’iy bildirgan.
Shu bois myunxenliklar allaqachon uning o‘rnini bosadigan yangi o‘yinchi qidirishga kirishgan. Germaniya chempioni sifatida «Bavariya» Olise o‘rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida PSJ vingeri Bredli Barkola nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Bredli Barkola 2023 yili «Lion»dan PSJga 45 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
2025/2026 yildagi mavsumda hujumchi barcha musobaqalar doirasida «PSJ» tarkibida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Barkola transfer qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar