
Kevin de Bryoyne boshqa superklubga o‘tadigan bo‘ldi
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishga qaror qildi.
Belgiyalik 33 yoshli yarim himoyachi shartnomasi yakunlangach, o‘z kuchini boshqa ligada sinab ko‘rishni istayapti.
El Gol Digital nashrining ma’lum qilishicha, Kevin o‘ziga Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy takliflar tushayotganiga qaramay, faoliyatini Evropada davmom ettirmoqchi.
Bu vaziyatdan “Barselona” foydalanib qolmoqchi. Kataloniyaliklar yozda tajribali o‘yinchiga shartnoma berishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Kevin de Bryuynening o‘zi ham germaniyalik bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostida o‘ynab, u boshqarayotgan loyihada ishtirok etishga moyillik bildirgan.
Fikrlar