Kevin de Bryuyne Saudiyadan badavlat bo‘lib qaytishga rozi bo‘ldi

  • 4 iyun, 2024, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” va Belgiya terma jamoasi pleymeykeri Kevin de Bryuyne faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga tayyorligi bildirdi.

- “Manchester Siti” bilan shartnomam bo‘yicha bir yil qoldi. Hozirdan kelajakda nima bo‘lishini o‘ylashim kerak. Mening yoshimda hamma narsaga tayyor va ochiq bo‘lish lozim.

Bu erda gap faoliyatimning oxirida qo‘lga kiritishim mumkin bo‘lgan aqlbovar qilmas summalar haqida ketmoqda. Ba’zan bu haqda bosh qotirishga to‘g‘ri kelyapti.

Agar men Saudiya Arabistonida ikki yil o‘ynasam, bir dunyo pul ishlab olaman. Men 15 yildan ko‘proq futbol o‘ynayotgan bo‘lsam, u erda shuncha vaqtda topganimdan ko‘prog‘iga ega bo‘laman.

Ba’zan kelajaging haqida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Hozir men bunday qilganim yo‘q, - dedi 33 yoshni qarshilayotgan Kevin de Bryuyne.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!