
Keylor Navas faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkin?
Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylon Navas katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach jamoani tark etadi.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli kosta-rikalik posbon faoliyatini "Portu"da davom ettirishi mumkin. Portugaliya grandi uni yaqinda yurak xurujiga uchragan va faoliyatini davom ettirmasligi aytilayotgan Iker Kasilyasga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ma’lumot uchun, Navas “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum La Ligada bor yo‘g‘i 9ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 6ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar