
Keylor Navas Messi amalga oshirolmagan penalti haqida gapirdi
PSJ klubi darvozaboni Keylor Navas "Barselona" sardori Lionel Messining penaltisini qaytargani haqida quyidagi fikrni bildirib o‘tdi:
"Penaltini qaytarish doim qiyin vazifa. Ayniqsa, to‘p qarshisida Messi kabi yuqori darajali ijrochi bo‘lsa. Bu har qanday insonni xursand qila oladigan jihat. Men bu seyvni oilasi bilan og‘ir kunlarni boshidan kechirayotgan Serxio Rikoga bag‘ishlayman.
Men juda xursandman, sababi, o‘ta qiyin bellashuvda kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Birinchi o‘yinda qo‘lga kiritgan ustunligimiz bizga qo‘l keldi. "Barselona" juda kuchli futbol namoyish etdi. Kelgusi bosqichlarda ham mana shunday ishonch bilan harakat qilishda davom etamiz", - dedi kosta-rikalik posbon.
Fikrlar