
Keylor Navas "Real"ga umuman kerak emas
"Real" bilan bir qancha sovrinlar egasiga aylangan Keylor Navas yaqinda yana Madridga qaytishi mumkin edi. Bu haqda Ispaniyaning taniqli "Marca" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "qirollik klubi"ga jarohat olgan Tibo Kurtua o‘rnini aynan Navas bilan to‘ldirishni tavsiya qilishgan. Biroq jamoadagilar bu transferni rad etishgan va Keylor bilan muzokaralar olib bormagan.
Ayni vaqtda kosta-rikalik posbon PSJ futbolchisi hisoblanadi. Biroq u joriy mavsum birorta o‘yinda maydonga tushirilmadi.
Fikrlar