
Keyn 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasida kiritgan gollari sonini 44 taga etkazib oldi.
Shu tariqa "shporlar" hujumchisi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘rinda borayotgan Jimmi Grivzga etib oldi. 3- va 2-o‘rinlarda Gari Lineker (48) hamda Bobbi Charlton (49) bormoqda.
Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Ueyn Runi hisoblanadi. Uning hisobida 53 ta gol mavjud.
Ma’lumot uchun, Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 66 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar