Keyn APLdagi gollari bo‘yicha Runiga etib oldi
30 aprel kuni “Tottenxem” APL doirasida “Liverpul”ga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazdi. Rayan Meyson shogirdlari “Enfild”dagi o‘yin davomida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, ammo yakunda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Tottenxem"ning gollaridan birini Harri Keyn kiritdi. London jamoasi etakchisi bu goli orqali APLda urilgan gollar soni bo‘yicha Ueyn Runiga etib oldi. Keyn va Runi APLda 208 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi.
Angliya premer-ligasining rekordi Alan Shirerga tegishli bo‘lib, u raqiblar darvozasiga 260 marta to‘p kiritgan.

Fikrlar