
Keyn "Barselona"ga o‘tishi mumkin
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
So‘nggi paytlarda bir qancha ispan klublari, jumladan "Real" ham ushbu transfer oynasida Keynni qo‘lga kiritish haqida o‘ylamoqda. Ayni damda esa "Bavariya" angliyalik forvard uchun kurashda favorit bo‘lib turibdi, garchi ular hali "Tottenxem" bilan kelishuvga erishmagan bo‘lsada.
Keyn shu yozda "Tottenxem"da qolishi mumkin, ammo yangi shartnoma imzolamaydi, bu esa uni 2024 yilda erkin agentga aylantiradi. Bu holatda esa "Barselona" uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Keyn ham Angliyadan ketishga tayyor va "Barselona"ni o‘zi uchun jozibador variant deb biladi.
Fikrlar