
Keyn faoliyatini qaerda davom ettirishi oydinlashib bormoqda
Xarri Keyn "Bavariya"ga o‘tishga tayyor.
Angliyalik hujumchi va nemis klubi o‘zaro kelishuvga erishdi. "Bavariya" endi "Tottenxem" bilan transfer shartlarini kelishib olishi kerak.
"The Guardian" nashri qayd etishicha, 29 yoshli hujumchi ushbu mavsumda Germaniya jamoasiga o‘tmoqchi.
Oldinroq "Bavariya" hujumchi uchun 70 million va bonuslar taklif qilgani xabar qilingandi, ammo "shporlar" bu taklifni rad etishdi.
Fikrlar