Keyn: Faqat shu jamoaga o‘taman!

  • 3 iyun, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi. Bu hujumchiga bir nechta klublar da’vogar.

29 yoshli futbolchining o‘zi faqat “Manchester Yunayted”da to‘p tepmoqchi. Manchesterliklar ham unga o‘z safidan joy tayyorlab qo‘ygan.

Shunga qaramay, “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi klub tarixidagi eng zo‘r to‘purarni Angliya Premer-ligasining boshqa klublariga o‘tishini ta’qiqlab qo‘ydi. Harri Keyn esa, mamlakatdan ketmoqchi emas.

DeadlineDayLive nashrining ta’kidlashicha, Angliya terma jamoasi hujumchisi klub uni yozda “Manchester Yunayted”ga transfer qilmasa, bu maqsadini bir yildan keyin amalga oshirmoqchi.

Ma’lumki, Keynning shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi. Shunda “Tottenxem” xo‘jayinlari uning o‘zi istagan jamoaga o‘tishiga to‘sqinlik qila olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!