Keyn futbol faoliyatidagi eng to‘g‘ri tanlov haqida gapirdi
Xarri Keyn "Bavariya"ga o‘tishni hayotidagi eng yaxshi qarorlardan biri deb atadi.
Angliyalik hujumchi 2023/2024 yilgi mavsumda Evropaning eng yaxshi to‘purari sifatida "Oltin butsa"ni oldi - u Bundesligada 36 ta gol urdi.
- "Bavariya"ga o‘tish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri bo‘ldi. Men har bir daqiqadan zavqlanaman.
Klub va jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Mukofotni barchangizga bag‘ishlayman, sizsiz men bugun bu erda turmagan bo‘lardim, - dedi Keyn.



Fikrlar