
Keyn: "Jurnalistlar bizdan har doim ko‘p narsa talab qilishadi"
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Tarkibimizdagi ko‘pchilik Sautgeytni yozdagi muvaffaqiyatsizliklarda ham himoya qildi, chunki biz uning Angliya uchun maydonda va undan tashqarida qanday burilish yasaganini tushunamiz.
Muxlislar va jurnalistlar bizdan har doim ko‘p narsa talab qilishadi, lekin biz JCh-2022 guruh bosqichida birinchi o‘rinni egalladik - va buni oddiy hol deb bo‘lmaydi, chunki ba’zi yirik jamoalar hatto pley-offga ham chiqa olmadi.
Sautgeyt bilan jamoa to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda, chunki u bizning muvaffaqiyatimizda muhim rol o‘ynaydigan ajoyib murabbiy", - deya Keynning so‘zlarini keltiradi Mirror.
Eslatib o‘tamiz, nimchorak final doirasidagi Angliya va Senegal uchrashuvi 4 dekabr kuni soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar