Keynga APLning ikki grandi qiziqmoqda

  • 11 aprel, 2021, 14:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn londonliklar safini tark etmoqchi. Bu haqda "The Atletic" nashri yozmoqda. 

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi jamoasini o‘zgartirmoqchi, biroq Angliyani tark etmoqchi emas. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" Keyn uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Avvalroq, uning xizmatiga PSJ klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Joriy mavsum hujumchi 28ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol urdi va 13ta golga assistentlik qilgan. 

"Tottenxem" bugun APLning navbatdagi turida "Manchester Yunayted" bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!