Keynga Saudiya Arabistonidan taklif bor

  • 23 iyul, 2023, 00:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn ushbu yozda klubni tark etishi mumkin. Unga "Bavariya" va PSJ kabi klublardan jiddiy qiziqishlar bor. Nemislar Angliya sardori uchun ikki marta taklif bilan chiqdi, lekin "shporlar" barchasini inkor qildi. 

Tecno

"Sky Sports" nashri xabar berishicha, Keynni "Al-Hilol" sotib olishga harakat qilmoqda. Saudiya klubi futbolchi bilan bog‘landi. Ammo Xarri Evropada qolishni maqsad qilgan va bu transfer amalga oshish ehtimoli juda past. 

Tez orada Keynning kelajagi aniq bo‘ladi. U ayni dam jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. "Bavariya" yaqin kunlarda 3-taklifni yuborishi borasida mish-mishlar mavjud. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!