Keynning taqdirini klub prezidentining qaroriga bog‘liq

  • 25 aprel, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi The Telegraph.

Tecno

Manbaning yozishicha, mankunianliklar 29 yoshli angliyalik hujumchining transferi ustida ish boshlashgan va bu borada londonliklarga murojaat qilishgan. Biroq Keynni APL klubiga sotishga qarshi bo‘lgan "shporlar" prezidenti Deniel Levining pozitsiyasi “qizil iblislar” uchun muammoga aylanishi mumkin.

Xarri Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida barcha musobaqalarda jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!