Kichik o‘smirlarimiz Ammandagi Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunlashdi

CHERY AUTO

Iordaniyaning Amman shahri boks bo‘yicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ortda qolgan kun 15 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida final janglari o‘tkazildi.

Tecno

Yakunda ringga ko‘tarilgan 15 nafar bokschimizning 7 tasi g‘alaba qozonib, qit’a chempionligiga erishdi. Shuningdek, yarim finalgacha etib borgan 8 nafar vakilimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natija orqali yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bugun 17 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi final janglari tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!