Kilian Mbappening 2026 yil uchun 5 ta maqsadi ma'lum

  • 30.12.2025 23:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AS nashri o‘zining rasmiy sahifalarida "Real" hujumchisi Kilian Mbappe haqida maqola chop etdi. Mualliflar bu materialda fransiyalik hujumchining 2026 yilda oldiga qo‘ygan beshta ulkan maqsadini sanab o‘tgan. 

Tecno

Bu maqsadlar quyidagicha:

"Madridliklar bilan YEChLni qo‘lga kiritish, Frantsiya terma jamoasi sardori sifatida Jahon chempionatida g‘alaba qozonish, "Oltin to‘p"ga sazovor bo‘lish, bir mavsumda 50 ta gol kiritish va "Oltin butsa" kurashida g‘olib chiqish",- deya keltirilgan bu maqolada.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli hujumchi joriy mavsum "qirollik klubi" safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!