Klaudio Raneri: Bizning yangi “ertagimiz” boshlandi

  • 23 noyabr, 2016, 13:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Lester” klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri “Bryugge”ga (2:1) qarshi kechgan EChL guruh bosqichi 5-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

– Endi biz yangi sayohatni boshlaymiz. EChLda qaysi bosqichgacha borishimizni bilmayman, ammo biz bundan boshimiz osmonga etmoqda. “Bryugge”ga qarshi o‘yinni yaxshi boshladik va ikkita gol urishga erishdik. Raqibdan o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng biroz bo‘shashgandek bo‘ldik. Yakunda barchasi bizning foydamizga bo‘ldi. Endi hotirjam Premer-ligaga qaytsak ham bo‘ladi. Sababi musobaqa jadvalining pastki o‘rinlarida boryapmiz. Shunday ekan shuning uchun ko‘tarinki ruhda o‘ynashni boshlashimiz zarur”, – deydi Raneri.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng “tulkilar” ochkolari sonini 13taga etkazib, guruhda birinchi o‘rinni band qilib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!